O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonga Afg‘onistonning Qandahor shahrida BAA gumanitar missiyasi vakillarining nobud bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik hamda dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Seshanba kuni Qandahordagi terakt vaqtida BAAning besh nafar diplomati vafot etdi. BAAda uch kunlik motam e’lon qilindi.