2 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev «Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida"gi Prezident qarorga imzo chekdi.

Mazkur hujjat O‘zbekiston halqining samimiy istaklari va xohish-irodasidan kelib chiqqan holda, mamlakat taraqqiyoti, el-yurt manfaati yo‘lidagi unutilmas buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining buyurtmanomalariga binoan Xalqaro tanlov doirasida xorijiy davlatlardan keltiriladigan yuklar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston TIVga xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilariga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi. Xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilari va unga aloqador yuklar «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan to‘lovlarning barcha turlaridan ozod qilish belgilandi.