«Milliy tiklanish» Demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratov Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan qutladi.

Natijalar e’lon qilinganidan so‘ng Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda 2,35 foiz yoki 421 ming 55 ovoz to‘plagan Sarvar Otamuratov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodning g‘alabasini tan olib, unga davlatning yuqori lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Sarvar Otamuratov saylov demokratik ruhda, qonunchilikka mos tarzda va saylovchilarning ulkan faolligi bilan o‘tganini ta’kidladi.

Otamuratov unga ovoz bergan barcha saylovchilarga, shuningdek, o‘z shtabi a’zolari va «Milliy tiklanish» tarafdorlariga minnatdorchilik bildirdi.