Turkiya Prezidenti Rejep Tayip Erdo‘g‘on uning mamlakati har qanday yo‘l bilan Yevropa ittifoqi a’zosi bo‘lishga harakat qilmasligi, balki buning o‘rniga Shanxay hamkorlik tashkilotiga kirishni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti Sabah gazetasiga tayanib xabar qildi.

NATO a’zosi hisoblangan Turkiya 11 yildan buyon YeIga a’zo bo‘lish to‘g‘risida muzokaralar olib bormoqda. «Brexit keng tarqalishi mumkin, bunday ovozlar Fransiya, Italiyadan eshitilmoqda. Bunday sharoitda Turkiya o‘zini xotirjam his etishi darkor. Nima uchun Turkiya SHHT a’zosi bo‘la olmas ekan?» — dedi Erdo‘g‘on jurnaslistlarga O‘zbekistondan Turkiyaga qaytayotgan samolyotda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur masalani SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari bilan muhokama qilgan. Uning fikricha, Turkiyaning SHHTdagi ishtiroki uning harakatlarida ko‘proq erkinlik bilan ta’minlaydi.