16-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston energetika va suv resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari Sulton Rahimzodani qabul qildi, xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Muloqot davomida Markaziy Osiyo mintaqasida suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari yuzasidan fikr almashildi. Boshqa tafsilotlar xabar qilinmadi.

Xuddi shu kuni TIVda Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mahmadsharif Haqdod ham qabul qilindi.