Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mahmadsharif Haqdod tashrif bilan Toshkentda bo‘lib turibdi. 16-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov uni qabul qildi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining qator jihatlari, jumladan davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.