5−6-noyabr kunlari Tyumenda (Rossiya) dzyudo bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida “Xizmat vazifasini bajarishda halok bo‘lgan ichki ishlar organlari maxsus otryadlari xodimlari xotirasi"ga bag‘ishlangan uchinchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotchilar xabariga ko‘ra, turnirda 16 mamlakat: Fransiya, Slovakiya, Sloveniya, Belorussiya, Gruziya, Xorvatiya, Armaniston, Janubiy Koreya, Xitoy, Mo‘g‘iliston, Gonkong, Ozarbayjon, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadan 566 nafar dzyudochi ishtirok etdi.

O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Muhammadali Sa’dullayev (55 kg gacha vazn toifasida), Muhriddin Hikmatov (66 kg gacha) va Akrom Bo‘ronov (90 kg gacha) musobaqaning bronza medali sovrindorlari bo‘ldi.