Agzam Ikramov O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, xabar qildi qo‘mita axborot xizmati. Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev 26-oktyabr kuni shu haqdagi qarorga imzo chekdi.

Agzam Ikramov mazkur lavozimda turmush darajasi va ijtimoiy soha, demografiya va mehnat, xizmatlar sohasi, tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlari statistikasi boshqarmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Muqaddam (o‘tgan yilning noyabridan) Agzam Ikramov Davlat statistika qo‘mitasining yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ungacha esa Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi vazifasida mehnat qilgan.