14-oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining X qurultoyi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi partiya Markaziy kengashi matbuot xizmati.

Qurultoyda O‘zXDPdan O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod va uning saylovoldi dasturini tasdiqlash, partiya Ustaviga qo‘shimchalar kiritish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Qurultoyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan VI plenumda O‘zbekiston Prezidentligiga partiyadan ko‘rsatilgan nomzod O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi, partiyaning O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Xatamjon Ketmonov nomzodi tasdiqlandi.

Qurultoyda, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Ustaviga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala yuzasidan partiya Ustaviga qonunchilikka muvofiq tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.