O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasi tuzildi. Ularning barchasi O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi.

Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolariga yanada qulaylik yaratish maqsadida xorijiy davlatlarning boshqa shaharlarida ham yangi saylov uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mazkur masala Tashqi ishlar hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

28 davlatda bittadan, 8 mamlakatda (Afg‘oniston, Germaniya, Xitoy, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH va Turkis) ikkitadan saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatadi.

Xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalari

  1. Abu-Dabi shahri (BAA)
  2. Anqara (Turkiya)
  3. Afina (Gretsiya)
  4. Ashxobod (Turkmaniston)
  5. Baku (Ozarbayjon)
  6. Bangkok (Tailand)
  7. Berlin (Germaniya)
  8. Bishkek (Qirg‘iziston)
  9. Bryussel (Belgiya)
  10. Varshava (Polsha)
  11. Vashington (AQSH)
  12. Vena (Avstriya)
  13. Dehli (Hindiston)
  14. Dubay (BAA)
  15. Dushanbe (Tojikiston)
  16. Jakarta (Indoneziya)
  17. Jeneva (Shveysariya)
  18. Jidda shahri (Saudiya Arabistoni)
  19. Islomobod (Pokiston)
  20. Istambul (Turkiya)
  21. Kiyev (Ukraina)
  22. Kuala-Lumpur (Malayziya)
  23. London (Buyuk Britaniya)
  24. Madrid (Ispaniya)
  25. Mozori-Sharif (Afg‘oniston)
  26. Moskva (Rossiya)
  27. Novosibirsk (Rossiya)
  28. Nyu-York (AQSH)
  29. Olma-ota (Qozog‘iston)
  30. Parij (Fransiya)
  31. Pekin (Xitoy)
  32. Riga (Latviya)
  33. Rim (Italiya)
  34. Seul (Koreya)
  35. Singapur (Singapur)
  36. Tel-Aviv (Isroil)
  37. Tehron (Eron)
  38. Tokio (Yaponiya)
  39. Frankfurt-na-Mayne (Germaniya)
  40. Shanxay (Xitoy)
  41. Al-Quvayt (Quvayt)
  42. Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)
  43. Qobul (Afg‘oniston)
  44. Qohira (Misr)