«zo‘rlash» tegli maqolalar


O‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 12 yoshli qizchani zo‘rlashda gumonlanmoqda
19 iyul 2021, 15:24

O‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 12 yoshli qizchani zo‘rlashda gumonlanmoqda

46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda 2009 yilda tug‘ilgan qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga oid masala muhokama qilinmoqda.

Jasur Umirovning jinoyatini yashirmoqchi bo‘lgan IIB xodimlari jazolandi
22 aprel 2021, 13:09

Jasur Umirovning jinoyatini yashirmoqchi bo‘lgan IIB xodimlari jazolandi

Jasur Umirov ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan tergovchiga holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli hayfsan berildi. Shuningdek, holat bo‘yicha idoraviy nazoratni yetarli darajada ta’minlamagan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB boshlig‘iga «hayfsan», tuman IIB boshlig‘iga esa «tanbeh» intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 aprel 2021, 16:20

Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termiz prokurori 16 yoshli o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. O‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, «mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida» jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshini uzaytirish taklif etilyapti
24 mart 2021, 01:41

Qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshini uzaytirish taklif etilyapti

Bosh prokuratura Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga oid prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshini 13 yoshdan 14 yoshgacha uzaytirish taklif etilyapti. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksiga samosud jinoyatiga oid normani kiritish, 128-, 129-moddalari sanksiyalarini oshirish maqsad qilingan.

Quvada 19 yoshli qiz o‘g‘irlanib, bir oy davomida uch kishi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
21 yanvar 2021, 15:44

Quvada 19 yoshli qiz o‘g‘irlanib, bir oy davomida uch kishi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi 19 yoshli qiz 2020 yilning mart oyida o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi. U bir oy davomida uch nafar shaxs tomonidan zo‘rlanib, nomusiga tegilganligini, ulardan biri voyaga yetmagan 16 yoshli yigit bo‘lganligini aytmoqda. Uyga qaytgach, qizning homiladorligi bilinadi va voqeadan xabar topgan otasi uni uydan haydab yuboradi. Holatni o‘rganib chiqqan tuman IIBsi bunda jinoyat alomati yo‘qligini aytib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan.

Andijonda 65 yoshli erkak voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda ayblanmoqda
18 noyabr 2020, 09:48

Andijonda 65 yoshli erkak voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda ayblanmoqda

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida voyaga yetmagan qiz (nogiron, 2004 yilda tug‘ilgan) 65 yoshli qo‘shnisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchradi. Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2018 yildan beri qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.

Mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berildi
11 sentabr 2020, 17:22

Mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berildi

Bosh prokuratura mashhur xonandaning voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, nomusiga tekkani haqidagi xabar bo‘yicha bayonot berdi. Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlarini olib borish belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting