Sankt-Peterburgning Nevskiy tumanida 12 yoshli qizchini zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda «78.ru» nashri.

Ma’lum qilinishicha, 17 iyul kuni politsiyaga 31 yoshli ayol murojaat qilib, 2009 yilda tug‘ilgan qizini Strelkov ko‘chasi 9-uy yonida noma’lum shaxs zo‘rlagani to‘g‘risida shikoyat qilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari davomida 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi gumonlanuvchi tariqasida qo‘lga olingan.

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atishga oid masala muhokama qilinmoqda.

Avvalroq, o‘zbekistonlik 30 yoshli talaba Tokiodagi Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik chog‘ida yaponiyalik qizni zo‘rlaganlikda ayblanayotgani haqida xabar berilgan edi.