«xarid cheki» tegli maqolalar


26 mart 2022, 13:16

Xarid cheki sabab fuqarolarni «samosud» qilgan shaxslarga ma’muriy chora ko‘rildi

Toshkentning ikkita tumanida xarid cheki berilmaganligi uchun do‘konning QR-kodini skaner qilib, «Soliq» mobil ilovasi orqali murojaat yo‘llagan xaridorlar tadbirkorlar tomonidan «samosud» qilindi. Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

17 yanvar 2022, 18:14

O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 7 mlrd so‘mdan ortiq keshbek yig‘di

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev 17 kun ichida «Soliq» mobil ilovasida qariyb 38 ming iste’molchi xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu orqali o‘zbekistonliklar 7 mlrd 12 mln so‘mdan ko‘proq keshbekni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, qo‘mita rahbari xarid cheki bermayotgan tabirkorlik subyektlari jarimaga tortilishini eslatib o‘tdi.

8 yanvar 2022, 18:51

8 kunda xarid cheklari uchun yig‘ilgan keshbek qariyb 950 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda yanvar oyi boshidan beri 10 mingdan ortiq iste’molchi 100 mingga yaqin xarid chekini keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Fuqarolarda yig‘ilgan keshbek summasi esa 941 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

7 yanvar 2022, 22:00

7 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Mehnat ta’tilidan 2 kunda qaytgan Shavkat Mirziyoyev, nomi oqlangan 120 nafar qatag‘on qurbonlari, O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshlagan Buyuk Britaniya, tuxum eksporti cheklanganini vaqtincha chora deya atagan Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, piyodani urib yuborgan avtobus, xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 7 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

7 yanvar 2022, 15:56

Qo‘llanma: Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish va keshbek olish

1 yanvardan boshlab xarid chekini «Soliq» mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi. Qaysi xarid cheki haqiqiy hisoblanadi, xarid chekini qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin va keshbekni bank kartasiga o‘tkazish haqida «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.

4 oktabr 2021, 12:28

Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganlarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi

2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazganlarga o‘sha xarid summasining 1 foizi budjetdan qaytariladi. Keshbek har oy yakunida jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkaziladi. Chek bermaganlik holati haqida xabar berganlarga undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot tariqasida to‘lanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting