Moskva — Qarshi reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi samolyoti kechasi Urganchga favqulodda qo‘ndi — yo‘lovchilardan biriga tez tibbiy yordam kerak bo‘ldi.
Namangan va Andijon aeroportlari quyuq tuman tushishi tufayli reyslarni qabul qilmayapti, ko‘rish masofasi 50 metrga yaqinni tashkil etmoqda. Reyslar esa eng yaqin zaxira aerodromlarga yo‘naltirilmoqda.
Quyuq tuman tushgani sababli Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshirilgan parvozlar kechiktirildi.
7 dekabr kuni tongda Urganch va Andijon aeroportlarida yomon ob-havo natijasida samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadi. «Aeroflot» aviakompaniyasining Moskvadan uchgan reysi Nukusdagi zaxira aerodromga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Uzbekistan Airports Silk Avia hududiy sho‘’ba aviakompaniyasni tashkil etmoqda. Yangi aviakompaniya viloyatlar o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshirib, chipta narxlarini «temiryo‘l chiptalari bilan mos» qiladi. Uzbekistan Airports birinchi bosqichda boshqaruvchi kompaniya bo‘ladi. Keyinchalik aviatashuvchi xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Uzbekistan Airports kompaniyasi Yangixayot tumanida «Aviatsiya sohilbo‘yi» deb nomlangan yashil hudud yaratishni boshladi. Kompaniya rahbariyati ko‘chat ekish haqidagi topshirig‘ini hisobot berish uchun emas, odamlarga sayilgoh qilish uchun bajarishga qaror qilganini ma’lum qildi.
«Samarqand» xalqaro aeroporti faoliyatining to‘xtatilishi 15 dekabrga qadar uzaytirildi.
Payshanba kuni Moskvaga parvoz kechikishi sababli Urganch aeroportida 300 ga yaqin odam yig‘ildi. Uzbekistan Airports sayyohlik kompaniyasi kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlamagani haqida xabar berdi. iFly Airlines samolyoti kechki payt yetib keldi.
Toshkent aeroportida 200 ga yaqin kishi Istanbulga ucha olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyohlik kompaniyasi kelishmagan holda reys uchun chiptalar sotgan. Transport vazirligi zaxiradan samolyot ajratdi, deya xabar qildi Uzbekistan Airports.
Uzbekistan Airports tarkibida Uzbekistan Airports Handling kompaniyasi faoliyat boshlaydi. Yangi xendling korxonasi aeroport kompleksidagi qator xizmatlarni taqdim etadi. Endilikda aviakompaniyalar o‘zlariga zarur xizmat paketini shakllantirib, keraksiz xizmatlardan voz kechishlari mumkin bo‘ladi.
Toshkent aeroportida 15 nafar aviatsiya ishqibozlari ishtirokida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. «Ko‘plab holatlar ta’sirida aeroport jurnalistlar, blogerlar va spotterlar uchun yopiq edi», — dedi Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva. Tadbir qanday o‘tdi va spotterlar qanday fotosuratlarni qo‘lga kiritdi — «Gazeta.uz» maqolasida.
Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflar va to‘lovlarni o‘rtacha 15 foizga pasaytirmoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga va aviachiptalar narxini pasaytirishga imkon yaratadi. Bahorda tariflar 27 foizga pasaytirilgan edi.
Uzbekistan Airports va Air Marakanda kompaniyalari «Samarqand» xalqaro aeroportini DXSH asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi doirasida o‘zaro bitim imzoladi.
Saydullo To‘xtasinov Samarqand xalqaro aeroportining yangi direktori etib tayinlandi. Shu bilan birga u Andijon xalqaro aeroporti direktori vazifasida faoliyat yuritadi.
Uzbekistan Airports O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar bilan boshqaruv shartnomalarini imzoladi. Shu tariqa, aeroportlarni yagona markazdan rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratildi, dedi kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayeva.
Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun asosiy yig‘im va tariflarni pasaytiradi. Ushbu qaror havo transporti orqali sayohat qilishni jamoatchilik uchun yanada qulayroq qilishi kutilmoqda.
Pandemiya davrida «qizil», «sariq» hudud mamlakatlaridan kirib kelgan yo‘lovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqidagi test natijasini ko‘rsatishi va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashishi shart qilib qo‘yildi. «Yashil» hudud mamlakatlaridan kelgan yo‘lovchilarga nisbatan karantin tartiblari qo‘llanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yo‘lovchilar bundan mustasno).
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting