«uzbekistan airports» tegli maqolalar


Toshkent aeroportiga faqat bitta kompaniya taksilari kira olishi qonunni buzmoqda — Raqobat qo‘mitasi
27 iyul 2023, 10:11

Toshkent aeroportiga faqat bitta kompaniya taksilari kira olishi qonunni buzmoqda — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports yagona taksi xizmati qonun talablarini buzayotganini ma’lum qildi. Kompaniyadan barcha taksilarning terminalga kirishi uchun sharoit yaratish va to‘xtash joylari narxlarini qayta ko‘rib chiqish talab qilindi. Uzbekistan Airports qo‘mitani sudga bergandi, ammo yakunda yutqazdi.

Urganch va Buxoro aeroportlarini rivojlantirish bo‘yicha tenderlarni kuzda o‘tkazish rejalashtirilmoqda
13 iyun 2023, 19:54

Urganch va Buxoro aeroportlarini rivojlantirish bo‘yicha tenderlarni kuzda o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, Buxoro aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ikkita loyiha tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Kuzda xususiy sheriklarni tanlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Silk Avia yo‘lovchisi bortda chekkani uchun jarimaga tortildi
12 iyun 2023, 23:45

Silk Avia yo‘lovchisi bortda chekkani uchun jarimaga tortildi

70 yoshli ayol Toshkentdan Samarqandga uchayotgan Silk Avia samolyoti hojatxona kabinasida sigaret chekdi. Samolyot qo‘nishi bilan komandir huquq-tartibot xodimlarini chaqirdi. Ayolga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Changi Airports yangi Toshkent aeroportining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordam beradi
24 may 2023, 19:44

Changi Airports yangi Toshkent aeroportining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordam beradi

Singapurning Changi Airports International kompaniyasi yangi Toshkent aeroporti qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordamlashadi, shuningdek, mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar beradi.

YTTB Uzbekistan Airports maxsus texnika parkini yangilashda yordam beradi
18 may 2023, 11:34

YTTB Uzbekistan Airports maxsus texnika parkini yangilashda yordam beradi

YTTB Uzbekistan Airports`ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag‘ ajratadi. Shuningdek, bank kompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun 1 mln yevro miqdorida grant ajratadi.

Toshkent aeroportining rekonstruksiya qilingan ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi ochildi. Foto
13 aprel 2023, 11:26

Toshkent aeroportining rekonstruksiya qilingan ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi ochildi. Foto

Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Jurnalistlar yangilangan yo‘lakka qo‘ngan birinchi samolyot — Uzbekistan Airways`ning Dubaydan kelgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib oldi.

Andijon aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya uchun yopildi
27 mart 2023, 19:21

Andijon aeroporti yil oxirigacha rekonstruksiya uchun yopildi

Andijon aeroporti aerodrom majmuasi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 1 apreldan boshlab parvozlar uchun yopildi. Rekonstruksiya ishlari yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi
19 mart 2023, 15:37

Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi

Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi
7 mart 2023, 10:09

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyi oxiridan Moskvadan Toshkent va Samarqandga charter reyslarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

China Southern Airlines Pekin va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni tiklaydi
1 mart 2023, 09:21

China Southern Airlines Pekin va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni tiklaydi

Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklaydi va birinchi reys 26 martga mo‘ljallangan. Muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshdi — Uzbekistan Airports
17 fevral 2023, 18:21

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshdi — Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshganini ma’lum qildi. 2023 yilda yangi mahalliy aviakompaniyalar tashkil etish va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish hisobiga ko‘rsatkichni 18 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Toshkent aeroportida 2 ta kutib olish hududi tashkil etiladi
9 fevral 2023, 14:32

Toshkent aeroportida 2 ta kutib olish hududi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.

Sochi va Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘landi
30 yanvar 2023, 11:15

Sochi va Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘landi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

WizzAir Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Chipta narxi 45 dollardan boshlanadi
25 yanvar 2023, 12:56

WizzAir Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Chipta narxi 45 dollardan boshlanadi

WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi — Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi parvoz yo‘nalishini ochdi. Bu yo‘nalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.

«Azimut» Mineralniye Vodi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
23 yanvar 2023, 15:27

«Azimut» Mineralniye Vodi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam qatnovlar haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga favqulodda qo‘ndi
18 yanvar 2023, 21:41

Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga favqulodda qo‘ndi

Moskvadan Goaga uchayotgan «Aeroflot» samolyoti zo‘ravon yo‘lovchi tufayli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. U reysdan chiqarib tashlandi.

O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning ichkariga kirishlariga ruxsat berildi
15 yanvar 2023, 10:40

O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning ichkariga kirishlariga ruxsat berildi

14 yanvardan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda yo‘lovchilarni kutishlari mumkin.

O‘zbekistonning beshta aeroportida Tax Free tizimi joriy etildi
3 yanvar 2023, 10:46

O‘zbekistonning beshta aeroportida Tax Free tizimi joriy etildi

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishni nazarda tutuvchi Tax Free xizmati shoxobchalari ish boshladi.

Qeshm Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
23 dekabr 2022, 09:32

Qeshm Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Eronning Qeshm Air kompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha kelishuvga Eron prezidentining sentabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan edi.

Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi
12 dekabr 2022, 10:04

Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi

Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi. Rossiyaning “Азимут” aviakompaniyasiga tegishli Moskvadan Qarshiga yo‘l olgan reys Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting