70 yoshli ayol Toshkentdan Samarqandga uchayotgan Silk Avia samolyoti hojatxona kabinasida sigaret chekdi. Samolyot qo‘nishi bilan komandir huquq-tartibot xodimlarini chaqirdi. Ayolga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Singapurning Changi Airports International kompaniyasi yangi Toshkent aeroporti qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordamlashadi, shuningdek, mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar beradi.
YTTB Uzbekistan Airports`ga O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida maxsus texnikalar parkini yangilash uchun 28 mln yevrogacha mablag‘ ajratadi. Shuningdek, bank kompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun 1 mln yevro miqdorida grant ajratadi.
Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Jurnalistlar yangilangan yo‘lakka qo‘ngan birinchi samolyot — Uzbekistan Airways`ning Dubaydan kelgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib oldi.
Andijon aeroporti aerodrom majmuasi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 1 apreldan boshlab parvozlar uchun yopildi. Rekonstruksiya ishlari yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.
Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.
Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi aprel oyi oxiridan Moskvadan Toshkent va Samarqandga charter reyslarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklaydi va birinchi reys 26 martga mo‘ljallangan. Muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshganini ma’lum qildi. 2023 yilda yangi mahalliy aviakompaniyalar tashkil etish va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish hisobiga ko‘rsatkichni 18 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi — Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi parvoz yo‘nalishini ochdi. Bu yo‘nalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam qatnovlar haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Moskvadan Goaga uchayotgan «Aeroflot» samolyoti zo‘ravon yo‘lovchi tufayli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. U reysdan chiqarib tashlandi.
14 yanvardan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida kutib oluvchilarning uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda yo‘lovchilarni kutishlari mumkin.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishni nazarda tutuvchi Tax Free xizmati shoxobchalari ish boshladi.
Eronning Qeshm Air kompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha kelishuvga Eron prezidentining sentabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan edi.
Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi. Rossiyaning “Азимут” aviakompaniyasiga tegishli Moskvadan Qarshiga yo‘l olgan reys Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi.
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nash terminali oldida O‘zbekistonda birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan avtoturargoh ish boshladi. To‘lovni parkomat orqali naqd pulda yoki QR-kod bilan to‘lash mumkin. Parkomat qaytim ham qaytara oladi. Yaqin kunlarda kelish terminali oldida ham xuddi shunday avtoturargoh ochiladi.
Yanvar oyining oxiridan Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi Abu-Dabi — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti. Samolyot haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari uchadi. Avvalroq WizzAir Abu Dhabi BAA poytaxtidan Samarqandga parvozlarni amalga oshirishi xabar qilingandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting