1 fevral kuni “Umra — 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistonidan Jidda — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytib keldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi.

Ma’lum qilinishicha, ziyoratchilar Madina shahrida Masjidul Nabaviyda, Payg‘ambarning Ravzai mutohharalarida, “Baqi” qabristoni, “Qubo” va “Qiblatayn” masjidlari va Uxud tog‘ida ibodatda bo‘lishgan.

Makka shahrida esa ziyoratchilar umra amalini bajarib, Ka’bani tavof etishdi. “Shuningdek, Rahmat tog‘i — Arafotni, Nur tog‘idagi Hiro tog‘ini va Savr tog‘idagi g‘orlarni ham ziyorat qilishdi”, — deyiladi xabarda.