Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 2 mlrd 760 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 nafar mansabdor ushlangani aytilmoqda.
Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan poyezd Ellikqal’a tumanida 44 yoshli erkakni bosib ketdi. Voqeaga fuqaroning ehtiyotsizlik oqibatida temiryo‘lga chiqib qolgani sabab bo‘lgan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» yer usti metrosi qurilishida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, noma’lum shaxslar 899 mln so‘mlik kabel mahsulotlarini o‘g‘rilagan. Avvalroq transport prokurori Ma’rufjon Xodjayev transport prokurori Ma’rufjon Xo‘jayev xuddi shuncha miqdordagi talon-torojliklar haqida ma’lum qilgan edi.
Toshkent metrosidagi nosozliklar ortidan Transport prokuraturasi metropoliten faoliyatini o‘rganib, inson omiliga bog‘liq bo‘lgan 650 ta kamchilikni aniqladi. Metrodagi muammolarni hal etish uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratilgani aytildi. Qolaversa, «Toshkent metropoliteni» yo‘lovchilar sonini oshirib, kunlik daromadni 560 mln so‘mga chiqarish, reklamadan tushadigan daromadni esa 6 oyda 4,1 mlrd so‘mga yetkazishni reja qilayapti.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting