Senatda poytaxtdagi uchta piyodalar yerusti yo‘liga 10 ta lift va 6 ta eskalator o‘rnatish muhokama qilindi. Hokimning birinchi o‘rinbosari buni moliyalashtirish kengash tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng bosqichma-bosqich ko‘rilishini aytdi. “Gazeta.uz” piyodalar o‘tish joylari bilan nima noto‘g‘riligini tushuntiradi.
Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda. Poytaxt deputatlari ish boshlash uchun 53,6 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. O‘tish joylari manzillari ko‘rsatilmagan va shu sababli jamoatchilik va ekspertlar qarorning asosliligiga xavotir bildirmoqda.
O‘zbekistonda shaharsozlik talablarini buzgani uchun jazolanganlar soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Shu sababli Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga ushbu sohada qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
O‘zbekiston-Koreya biznes forumida Shavkat Mirziyoyev “yuqori texnologik va innovatsion hamkorlikning yangi davri” boshlanayotganini aytdi. Infratuzilma va shaharsozlik, transport, mashina butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, xomashyoni qayta ishlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Yangi Toshkent qurilishi aholini jalb qilishning yangi markazlarini yaratadi, deyiladi CMWP xalqaro kompaniyasining poytaxtni rivojlantirishga bag‘ishlangan hisobotida. Bunday hisobotlar shaharlarni rivojlantirishda qanday yordam beradi — hujjat muallifi Aleksey Letunovskiyning “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida.
Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Uni ta’mirlash 2022-yil boshida muhokama qilingandi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda pulli yo‘llar qurishni reja qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov va boshqa mas’ul rahbarlarga Toshkent shahridagi tirbandliklar muammosini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. “Barcha rahbarlar „Shahar — piyodalar uchun“ shiorini o‘zining asosiy tamoyiliga aylantirishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston texnologiyalarda ancha qolib ketganligini ta’kidlab, buni aeroport terminali zinali qurilganligi va yaqin o‘tmishda tramvaylardan voz kechilganligi bilan tushuntirib berdi.
Venetsiyadagi 17-xalqaro arxitektura biyennalesida O‘zbekiston o‘zining «Mahalla: shahar va qishloq hayoti» nomli birinchi loyihasini taqdim etdi. Ko‘rgazma me’morlar oldiga: «Biz birgalikda qanday yashaymiz», degan savolni qo‘yadi. «Gazeta.uz» loyiha kuratorlaridan mahalla me’morchiligi arxitektura olamining global muammolarini qanday hal qilishi mumkinligi haqida so‘radi.
1 oktabrdan shaharsozlik hujjatlari «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi, loyiha hujjatlari esa akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari — yuridik shaxslar, «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shaharlarda haroratni pasaytirish uchun tabiatning o‘zi kifoya, deb hisoblaydi BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP). Buning uchun mutaxassislar fasadlarni ko‘kalamzorlashtirish va uylarning tomlarini bog‘lar bilan o‘rash yoki ularni oq rangga bo‘yashni tavsiya qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting