«sel» tegli maqolalar


O‘zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
18 may 2023, 09:34

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

18−20-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11 may 2023, 09:50

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

12−13 va 16−17-may kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan kuchli yomg‘irlar sababli 9 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonda 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda sel kelishi kutilmoqda
4 aprel 2023, 15:35

O‘zbekistonda 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda sel kelishi kutilmoqda

Respublika bo‘ylab 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sabab tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin. Ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi kuzatiladi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi
30 yanvar 2023, 12:37

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi

O‘zbekistonda sel, ko‘chki va suv toshqinlari kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
4 noyabr 2022, 17:02

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin

O‘zgidromet 6−8 noyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Qashqadaryoda ham kuchli yomg‘ir sabab yo‘llarga suv toshib chiqdi
2 noyabr 2022, 16:26

Qashqadaryoda ham kuchli yomg‘ir sabab yo‘llarga suv toshib chiqdi

Chorshanba kuni yog‘gan kuchli yomg‘ir sabab Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi ariqlar, lotoklar hamda boshqa suv o‘tkazish inshootlarida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari toshib chiqdi. FVV aholi va xonadonlarga ziyon yetmaganini ma’lum qildi.

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda
9 iyun 2022, 15:29

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 10−14 iyun kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta hududida shamol kuchayishi, sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonning 9 viloyatiga sel kelish xavfi e’lon qilindi
13 may 2022, 09:45

O‘zbekistonning 9 viloyatiga sel kelish xavfi e’lon qilindi

Juma va shanba kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda bu do‘lga ham aylanishi mumkin. 9 viloyatga sel kelish xavfi bor. (Hududlar ro‘yxati)

So‘x-Rishton yo‘lida sel tufayli transport harakati to‘xtatildi
12 may 2022, 10:38

So‘x-Rishton yo‘lida sel tufayli transport harakati to‘xtatildi

So‘x-Rishton avtomobil yo‘liga sel natijasida loy va toshlar oqib kelgani sababli transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Surxondaryoda sel 3 kishini oqizib ketdi
10 may 2022, 21:36

Surxondaryoda sel 3 kishini oqizib ketdi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tog‘li hududga sel kelishi natijasida odamlar va chorva mollarini suv oqizib ketdi. Chorva mollari egasi tabiiy ofatdan qutilib qolgan. Qolganlari qidirilmoqda.

Farg‘ona vodiysiga 6-may kuniga belgilangan poyezdlar qatnovi ham bekor qilindi
6 may 2022, 10:50

Farg‘ona vodiysiga 6-may kuniga belgilangan poyezdlar qatnovi ham bekor qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan sel oqibatida ketma-ket ikkinchi kun Farg‘ona vodiysiga harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi to‘xtatilganini ma’lum qildi. 6 mayga mo‘ljallangan chiptalar puli yo‘lovchilarga 100 foiz qaytarib beriladi.

Kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent ko‘chalari yana suv ostida qoldi
5 may 2022, 11:27

Kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent ko‘chalari yana suv ostida qoldi

Chorshanba kuni kechqurun kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent shimoli-sharqida ko‘cha va hovlilarni suv bosdi. Ma’lum qilinishicha, poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilar toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlarini kuzatgan.

Jizzaxda FVV qutqaruvchilari selda oqib ketayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib oldi
4 may 2022, 17:52

Jizzaxda FVV qutqaruvchilari selda oqib ketayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib oldi

4 may kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ayrim uylar va yo‘llarni suv bosdi. FVV qutqaruvchilari suvda oqib kelayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib qolishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Farg‘ona vodiysida sel hodisalari kuzatilishi mumkin
27 aprel 2022, 09:28

Farg‘ona vodiysida sel hodisalari kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet 27 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik tufayli Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Jizzaxdagi sel qabristonning yarmini oqizib ketdi, yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda
27 aprel 2022, 00:57

Jizzaxdagi sel qabristonning yarmini oqizib ketdi, yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda

Jizzax viloyati Egizbuloq mahallasiga kelgan sel 70 dan ortiq qabrni oqizib ketgan. SES xodimlari aholi orasida turli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun suv va tuproq namunalarini olishdi hamda aholiga dori va antiseptik vositalari tarqatdi.

Jizzaxda sel tufayli halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi
21 aprel 2022, 17:12

Jizzaxda sel tufayli halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi

Jizzax viloyatida bir kun avval bedarak yo‘qolgani aytilgan yana bir fuqaroning jasadi topildi. Sel qurbonlarining umumiy soni besh nafarga yetdi. Jizzax viloyati prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga harbiylar ham jalb qilingan.

Sel oqibatlari: 260 ta xo‘jalik talofat ko‘rdi, 6 ta maktab, 2 ta MTMga suv kirdi, 6 kishi qutqarildi
21 aprel 2022, 10:30

Sel oqibatlari: 260 ta xo‘jalik talofat ko‘rdi, 6 ta maktab, 2 ta MTMga suv kirdi, 6 kishi qutqarildi

20 aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida 1,5 soatda bir oylik miqdorda yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimlari va toshqin suvlari yuzaga keldi. Natijada har ikki viloyatda jami 364 ta uy-joy, 6 ta maktab va 2 ta MTMning yerto‘la va hovlilarigaga suv kirgan. 26 ta xo‘jalik turli darajada talofat ko‘rdi. 6 kishi qutqarildi, 100 dan ziyod aholi evakuatsiya qilindi.

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
15 mart 2022, 14:24

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 16−19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi haqida ma’lum qildi.

Andijonda kuchli sel kelishi oqibatida bir oilaning 2 farzandi oqib ketib vafot etgan
7 may 2021, 10:54

Andijonda kuchli sel kelishi oqibatida bir oilaning 2 farzandi oqib ketib vafot etgan

Andijon viloyati Xonobod shahrida kuchli sel kelishi tufayli 700 ga yaqin xonadonlar zararlandi. Yog‘ingarchilik sababli Qirg‘iz ariq kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari selda oqib ketib, vafot etgan.

Namanganda sel kelishi oqibatida yo‘llarga zarar yetgan
7 may 2021, 10:43

Namanganda sel kelishi oqibatida yo‘llarga zarar yetgan

Namangan viloyatidagi toshqinlar oqibatida yo‘llarning ayrim qismlari buzilgan. 7 may kuni Toshkent-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 60-sonli poyezd reysi bekor qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting