«qo‘lyozmalar» tegli maqolalar


O‘zMUda yo‘qolgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
11 oktabr 2022, 17:42

O‘zMUda yo‘qolgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan yo‘qolgan 100 dan ortiq, umumiy qiymati 2,6 mlrd so‘mga teng noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchi (ayol kishi) 5 yilga qamaldi, qolaversa, 2 yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlashi taqiqlandi.

Bosh prokuratura O‘zMU mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi
21 fevral 2022, 13:58

Bosh prokuratura O‘zMU mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bosh prokuratura O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan tarixiy-badiiy ahamiyatga ega 56 ta qo‘lyozma va toshbosma asarlar talon-toroj qilinganini aniqladi. Mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Qadimiy qo‘lyozma va tarixiy hujjatlarning jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan davlat reyestri tuziladi
12 fevral 2022, 15:39

Qadimiy qo‘lyozma va tarixiy hujjatlarning jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan davlat reyestri tuziladi

Prezident qarori bilan jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan qadimiy yozma manbalarning davlat reyestri shakllantiriladi. Xorijga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, allomalar va mutafakkirlarning ijodiga mansub qadimiy yozma manbalar O‘zbekistonga olib kelinadi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardagi qo‘lyozmalar xarid qilinib, davlat tasarrufiga o‘tkaziladi. Qolaversa, qadimiy qo‘lyozmalar tarjima qilinib, xalqchil tilda nashr etiladi.

5 yil ichida noqonuniy olib chiqilayotgan 450 ga yaqin qo‘lyozmalar ushlab qolingan — Bojxona qo‘mitasi
25 avgust 2021, 12:34

5 yil ichida noqonuniy olib chiqilayotgan 450 ga yaqin qo‘lyozmalar ushlab qolingan — Bojxona qo‘mitasi

Toshkentda Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgan noyob 29 ta qo‘lyozma va 16 ta sopol buyumlar Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga rasman topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yil davomida bojxona organlari tomonidan 450 ga yaqin qo‘lyozma asarlar, noyob tanga va boshqa osori-atiqalar ushlab qolingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting