Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qildi. U ikkinchi muddatga qayta saylandi va deyarli 13 mln ovoz (80,12%) to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni esa 6,63% ovoz bilan Maqsuda Vorisova egalladi.
Prezidentlikka nomzod Narzulla Oblomurodov Ekopartiyaning davlat rahbari saylovida ilk bor ishtirok etishini «tarixiy g‘alaba» deb atadi. U Shavkat Mirziyoyevni g‘alabasi bilan tabriklab, «Partiya saylangan prezidentning barcha g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini» aytdi.
Ekologiya partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov Toshkent shahridagi saylov uchastkasida ovoz berdi.
Ekopartiya rahbari va prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov turli xil bahonalar bilan va aholini ogohlantirmasdan daraxtlarning kesilayotganligini tanqid qildi. U daraxtlar kesilishi yo boshqa joyga ko‘chirilishi bilan bog‘liq holatlarda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. 17 sentabr kuni Sirdaryoda «salomatlik yo‘lakchalari»ni qurish uchun 13 ta daraxt qo‘porilgan edi.
Ekopartiya Narzulla Oblomurodovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Oblomurodovning «Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, chiqindilarni resursga aylantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, Orol mintaqasida vaziyatni yaxshilash, sud organlariga ishonchni oshirish, sog‘liqni saqlash hamda O‘zbekiston atrofida xavfsizlik mintaqasini yaratish yo‘nalishlari o‘rin olgan. Partiyaning to‘liq dasturi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting