Rossiya ichki ishlar vazirligi 15 iyunga qadar MDH davlatlariga Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan muhojirlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondan 332 ming, Tojikistondan 247 ming, Ukrainadan 152 ming, Ozarboyjondan 120 ming, Qirg‘izistondan 115 ming, Armanistondan 61 ming, Moldovadan 56 ming va Qozog‘istondan 49 ming noqonuniy muhojirlar Rossiya hududida bo‘lib turishibdi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil dekabr oyi o‘rtalarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli muhojirlarning mamlakatda vaqtinchalik yashash muddatini 2021 yil 15 iyungacha uzaytirgan edi.