O‘zbekistonliklar ko‘p yillardan buyon bayram sanasi yakshanbaga to‘g‘ri kelib qolsa, qo‘shimcha dam olish kuni har doim ham qo‘shib berilmasligidan nolib kelardi. Mehnat kodeksining yangi tahririga ko‘ra, dam olish kuni bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi kunga ko‘chiriladi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi. 1995 yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Senatining navbatdagi majlisida senatorlar yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ma’qulladi. Majlisda 1995 yilda qabul qilingan amaldagi kodeks tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi ta’kidlandi. Senat raisi Tanzila Narboyeva esa yangi kodeks «inson qadriga asoslangan"ini aytdi.
Amaldagi Mehnat kodeksi 23 yil oldin kuchga kirgan edi va vaqtinchalik dastur sifatida ko‘rilayotgan edi. Parlament quyi palatasining yig‘ilishida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, ish bilan ta’minlash, individual mehnat munosabatlari, ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnatga oid nizolarni ko‘rib chiqish kabi qoidalar kiritilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting