«mart» tegli maqolalar


Mart oyida harorat rekordlari qayd etilmadi — O‘zgidromet
3 aprel 2024, 18:15

Mart oyida harorat rekordlari qayd etilmadi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda bahorning birinchi oyida ob-havo ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. Bir nechta sovuq to‘lqinlar ham kuzatildi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor darajasida, ba’zan undan ortib ketdi. Aynan mart oyida balandligi 4−25 smgacha yetgan qor yog‘di, ayrim joylarga sel kelib, hududlarni suv bosdi.

Martda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
19 fevral 2024, 17:19

Martda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekistonda bu yilgi mart nisbatan salqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Oy davomida harorat kechalari −5…+10, kunduzi +5…+22, janubda +25 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Mart oyi iliq va yomg‘irli o‘tadi
2 mart 2023, 10:48

Mart oyi iliq va yomg‘irli o‘tadi

O‘zbekistonda mart oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari +5…+12 daraja, kunduzi +10…+25 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Mart oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari sezilarli oshdi
4 aprel 2022, 22:54

Mart oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari sezilarli oshdi

Mart oyida kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 15 foiz va 15,4 foizgacha ko‘tarildi. Respondentlar narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar siftida valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi kabilarni keltirishgan. Yil boshida MB 2022 yilda inflyatsiya 9 foizdan past bo‘lishini prognoz qilgandi.

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi
1 aprel 2022, 17:19

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi

2022 yilning mart oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 1,5 foizni, yillik nisbatda (2021 yilning mart oyiga nisbtan) 10,5 foizga yetdi. Oy davomida shakar narxi 12,8 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, mart oyida un narxi 2 foiz, sut 2,5 foiz, kungaboqar yog‘i 3,1 foiz, paxta yog‘i narxi 2,1 foizga oshgan bo‘lsa, tuxum narxi — 0,9 foizga pasaygan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting