«huquqbuzarlik» tegli maqolalar


Samarqand viloyatida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar soni bir yilda 40 foizga ortgan
17 noyabr 2023, 15:37

Samarqand viloyatida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar soni bir yilda 40 foizga ortgan

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida Samarqandda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi ortgani aytildi. Xususan, huquqbuzarlik 2021-yilda 1331 tani, 2022-yilda 3941 tani hamda 2023-yilning 8 oyi davomida esa 3128 tani tashkil etgan. Jinoyatlar soni esa 40 foizga ortgan.

Toshkentda mushukni derazadan uloqtirgan bolaning shaxsi aniqlanib, otasiga jarima solindi
30 may 2022, 13:08

Toshkentda mushukni derazadan uloqtirgan bolaning shaxsi aniqlanib, otasiga jarima solindi

Ijtimoiy tarmoqlarda R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining o‘quvchisi 3-qavatdan mushukni uloqtirgani aks etgan video tarqaldi. Voyaga yetmagan yigitning otasiga nisbatan bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi bo‘yicha protokol tuzilib, u jarimaga tortildi.

Niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi
11 yanvar 2022, 11:56

Niqob taqmaganlar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, niqob taqmagan fuqarolar avvaliga ogohlantiriladi, qo‘pol qoidabuzarlar esa jarimaga tortiladi. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa 9 yanvar kuni karantin qoidalarini buzgan 899 kishidan, 721 nafari ogohlantirilgani, qolgan 178 nafari esa jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

Fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda
5 yanvar 2022, 11:05

Fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, aprel oyigacha “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar joyida tekshirilishi ko‘zlangan. Strategiya loyihasida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar haqida xabar berish va ro‘yxatga olish uchun “Ye-huquqbuzarlik” yagona axborot tizimini tashkil etish ham taklif etilgan.

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — Biznes-ombudsman
1 noyabr 2021, 18:36

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — Biznes-ombudsman

Biznes-ombudsman mutaxassisining ta’kidlashicha, shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting