«haj-2024» tegli maqolalar


Saudiya Arabistonida Hajga borgan kamida 550 ziyoratchi jaziramadan vafot etdi
19 iyun 2024, 16:45

Saudiya Arabistonida Hajga borgan kamida 550 ziyoratchi jaziramadan vafot etdi

Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida jazirama tufayli kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. 17-iyun kuni Makka shahrida havo harorati +52 darajagacha ko‘tarildi.

Prezident shayx Nuriddin Xoliqnazar orqali Makkadagi o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi
5 iyun 2024, 17:36

Prezident shayx Nuriddin Xoliqnazar orqali Makkadagi o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi

Shavkat Mirziyoyev Makka shahrida bo‘lib turgan Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonda muloqot qildi. U muftiydan fuqarolarning sharoiti, salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi, O‘zbekistonga qaytgach, “hojilar yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga” umid bildirdi.

Toshkent va Farg‘onada Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlar qo‘lga olindi
29 may 2024, 15:05

Toshkent va Farg‘onada Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlar qo‘lga olindi

Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi.

Haj-2024: Ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi (foto)
23 may 2024, 09:57

Haj-2024: Ilk ziyoratchilar Toshkentdan Madinaga uchib ketdi (foto)

2024-yilgi Haj mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkentdan Madinaga jo‘nab ketdi. Tirbandlikni yuzaga keltirmaslik uchun ziyoratchilarning yaqinlaridan aeroportga kelmasdan, masjidlardan kuzatib qo‘yish so‘raldi. Foto.

Uzbekistan Airways Haj mavsumi uchun 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi
17 may 2024, 17:01

Uzbekistan Airways Haj mavsumi uchun 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi

Uzbekistan Airways “Haj-2024” dasturi doirasida 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi. 15 ming 130 nafar ziyoratchi Boeing 767 samolyotlarida tashilishi, ularga aeroportda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida issiq nonushta, parvoz davomida esa maxsus taomlar tarqatilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi
16 may 2024, 15:24

O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi

O‘zbekistonda 2024-yilgi Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi. Saudiya Arabistonining Madina shahriga O‘zbekistonning 10 ta shahridan 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting