«fermer» tegli maqolalar


O‘zbekiston fermerlariga klasterlarni o‘zi tanlash va ortiqcha hosilni erkin sotishga ruxsat berilishi mumkin
25 oktabr 2023, 20:53

O‘zbekiston fermerlariga klasterlarni o‘zi tanlash va ortiqcha hosilni erkin sotishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik berilishi mumkin. Prezident fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlash va ortiqcha hosilni sotish huquqini berish masalasi muhokama qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, u yaylovlar degradatsiyasi muammosiga to‘xtalib, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatdi.

Xorazmda fermer noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilib, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ygani aytilmoqda
3 fevral 2023, 11:44

Xorazmda fermer noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilib, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ygani aytilmoqda

Xorazmda fermer xo‘jaligi rahbari 7,3 gektar sug‘oriladigan yerda noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilganlikda gumonlanmoqda. Buning ortidan u nobudgarchilikka yo‘l qo‘yib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Bundan buyon turli vajlar bilan fermerdan g‘allasini olib qo‘yish taqiqlanadi — prezident
11 may 2022, 17:51

Bundan buyon turli vajlar bilan fermerdan g‘allasini olib qo‘yish taqiqlanadi — prezident

Bundan keyin tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar g‘allasini olib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, birja orqali sotilgan bug‘doyga hududlararo cheklov qo‘yilmaydi. Prezident bosh prokuror, viloyat, tuman va shahar prokurorlari buni shaxsan nazoratiga olib, fermerni norozi qilgan rahbarlarga qat’iy chora ko‘rishni buyurdi.

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda
3 fevral 2022, 10:58

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda

Samarqand tumanida fermer o‘ziga qarashli xo‘jalikning sug‘oriladigan yeridan 1 gektarini fuqaroga issiqxona qurish uchun sotish va hujjatlarni tayyorlab berishni kelishib olgani aytilmoqda. Buning evaziga u 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Klaster va fermerlarga bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi
28 oktabr 2021, 09:28

Klaster va fermerlarga bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi

Kelgusi yildan g‘allachilik klasterlari va fermerlarga yetishtirgan bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi beriladi. Bunda ular 3 yil davomida har yilgi hosildan gektariga 2,5 tonna g‘allani birja savdolariga erkin narxlarda chiqaradi. «O‘zdonmahsulot» tarkibidagi donni qayta ishlash zavodlari ochiq savdolarga chiqariladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting