Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov ushbu lavozimga tayinlanganidan buyon bir oy o‘tmay 35 ta qaror imzolagan bo‘lsada, ularning deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan. Qabul qilingan 14 ta farmoyishdan 4 tasi ham mavjud emas.
Hokimlik qarorlari e’lon qilinadigan E-Qaror portalida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini targ‘ib etish bo‘yicha guruhlar tuzish to‘g‘risidagi hokimlar qarorlari berkitildi, bu haqdagi Toshkent shahri hokimi v.b.ning qarori esa o‘chirib tashlangan.
Adliya vazirligi E-qaror portalida Toshkent hokimligining shahar budjetiga oid hujjatlari avval «o‘chirilgani», so‘ngra qayta tiklangani yuzasidan izoh berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, faqat hokimlar hujjatlarni e’lon qilish va ulardan foydalanishni cheklash huquqiga ega.
Andijon viloyati hokimining farmoyishi bilan hokim yordamchilarining uniformasi uchun 855 mln so‘m ajratildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting