Toshkentda “garmoshka” avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xavfli “manyovr”lar qildi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, “qora ro‘yxat”ga qo‘shildi, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritildi.
Yashnobod tumanida 2-sonli avtobus haydovchisi orqa eshikdan tushayotgan yoshi katta yo‘lovchini payqamay qoldi. Oqibatda avtobus erkakni 3−5 soniya sudrab ketdi. “Toshshahartransxizmat” haydovchi ishdan olinganini bildirdi.
Toshkentda 80-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi yo‘lda boshqa transport vositalariga xalaqit berib, avariya holatni yuzaga keltirdi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgani va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.
Toshkentda 52-sonli avtobus haydovchisi yo‘lovchilar avtobusga chiqib ulgurmasidan eshiklarini yopib oldi. Oqibatda ayol va uning qizi jarohatlandi. Haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Toshkentda boshqaruv paytida sigaret chekkan 87-sonli avtobus haydovchisi ishdan olindi. “Toshshahartransxizmat”ning qayd etishicha, u korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilmagan.
Tarmoqlarda elektrobus haydovchisining yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. «Toshshahartransxizmat» unga qat’iy chora ko‘rilgani va mehnat shartnomasi to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting