Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida 19-aprel kuni soat 05:15 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.

Epitsentrdagi zilzila magnitudasi — 3. Chuqurligi esa 15 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 448 km janubiy-sharqda.

Eslatib o‘tamiz, 18-aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezilgandi.

Bu oy hisobidan 5-aprel tongida ham Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lib, uning kuchi Toshkent shahrining bir necha hududlari va Toshkent viloyatida sezilgan.