29-mart kuni Toshkentning ayrim hududlarida issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish uchun issiq suv ta’minoti bir kunga to‘xtatiladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

Issiq suv o‘chirilishi Toshkent IEM (M-5,8) hududiga ta’sir qiladi.

Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish zarur hisoblanadi, deya qayd etdi kompaniya.

“Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga oqib chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolaridagi yurtdoshlarimizdan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Nosozliklar aniqlangan taqdirda (78) 129−01−85 telefon raqami orqali ma’lum qilish so‘ralgan.

Manzillar

Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Navoiy, Bobur, Glinka, Qumariq, Yahyo G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Kichik Beshyog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod ko‘chalari, M-1,2,4,5,7 Qushbegi, Boshliq dahalari, Uchuvchilar shaharchasi.