«artel» tegli maqolalar


Artel Canton Fair 2024 keng ko‘lamli xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
15 aprel 2024, 19:00

Artel Canton Fair 2024 keng ko‘lamli xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

15−19-aprel kunlari Artel kompaniyasi 135-Canton ko‘rgazmasida — eksport va import mahsulotlari bo‘yicha Osiyoning eng yirik ko‘rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda.

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi
11 mart 2024, 11:00

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyligini e’lon qilib, va shu bilan mamlakatda futbol rivojiga o‘z hissani qo‘shish istagini bildiradi.

“Biz har qanday import chekloviga qarshimiz. U bizga zarar” — Jahongir Ortiqxo‘jayev
5 fevral 2024, 14:37

“Biz har qanday import chekloviga qarshimiz. U bizga zarar” — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahri sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev har qanday import cheklovi qo‘yilishiga qarshiligi, bunday choralar uning korxonalariga zarar ekanini ta’kidladi. “Biz to‘layotgan soliqlar ham, import uchun soliqlar ham „nol“ bo‘lsa, biz yutar ekanmiz, ko‘proq foyda topar ekanmiz”, — dedi u.

Artel bilan aloqador kompaniya sobiq «Buxoroteks» zavodining mol-mulkini 110 mlrd so‘mga sotib oldi
12 oktabr 2022, 22:04

Artel bilan aloqador kompaniya sobiq «Buxoroteks» zavodining mol-mulkini 110 mlrd so‘mga sotib oldi

Sobiq «Buxoroteks» yigiruv-to‘quv kombinati obyektlari autsionda 109,9 mlrd so‘mga sotildi. 115 ming kvadrat metr maydonga ega binolar majmuasining 17,6 gektarlik yer maydonini kimoshdi savdosidan 6 kun oldin tashkil etilgan va Artel bilan bog‘liq Bukhara Next Generation Product kompaniyasi sotib oldi.

«3,5 yil ichida bir so‘mga ham xiyonat qilmadim». Toshkent hokimi homiylik, Akfa va Artel haqida
16 fevral 2022, 16:23

«3,5 yil ichida bir so‘mga ham xiyonat qilmadim». Toshkent hokimi homiylik, Akfa va Artel haqida

Toshkent hokimi oldin ishlagan kompaniyalari Artel va Akfa tomonidan shaharga ko‘rsatilayotgan homiylik yordami haqidagi savollardan charchaganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar ba’zi aktivlarini sotib, mablag‘larni shahardagi loyihalarga homiylik qilishga yo‘naltirmoqda. Jahongir Ortiqxo‘jayev qilgan savob ishlari haqida hech kimga aytmaganligini, bu haqida afsuslanishini bildirdi. «3,5 yil ishlagan bo‘lsam, davlatning bir so‘m puliga ham xiyonat qilganim yo‘q», — dedi u.

Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr so‘radi
2 sentabr 2020, 22:40

Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr so‘radi

Dizayner Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi hajviy videosi uchun uzr so‘radi. U ushbu videoni keng ommaga tarqalib ketganligi uchun Troll.uz ni «podstava» qilganlikda aybladi. Troll.uz muallifi rassomga nisbatan tahdid qilinganligini ta’kidlamoqda. Artel vakili «Troll.uz ning fikrlari har doim ham to‘g‘ri va adolatli bo‘lavermasligini» aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting