19-fevral kuni Bosh prokuratura 2023-yil oktabr oyida Toshkentdagi 259-maktabda jismoniy tarbiya darsi chog‘ida koptok tegib, vafot etgan bola voqeasi bo‘yicha jinoyat ishi ochdi. Bu bo‘yicha Millar teledasturida lavha efirga uzatildi.

6-oktabr kuni Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog‘ida ko‘krak qafasiga koptok tegib, oqibatda hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, vafot etgandi. Sud tibbiy ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, bolaga yurakning reflektor to‘xtashi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, yurak gipertrofiyasi, yurak tug‘ma nuqsoni tashxisi qo‘yilgandi.

Keltirilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik; одам o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13-fevral kuni shu maktabda yana bir bolaning vafot etgani qayd etildi. Shanba kuni maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv boshlangan.