2024-yil 1-apreldan O‘zbekistonda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i stavkasi oshiriladi, boshqa yuqori oktanli yonilg‘i markalarida esa o‘zgarishsiz qoladi. Bu soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlardan kelib chiqadi.

Tarkibida zararli gazlar ko‘p bo‘lgan Ai-80 rusumli benzinga aksiz solig‘i 12,2 foizga oshadi — bir tonnasi uchun 303 ming so‘mdan 340 ming so‘mgacha. Ushbu markadagi benzinni oxirgi iste’molchiga sotishda aksiz solig‘i stavkasi litri uchun 425 ming so‘mdan 476 so‘mga yoki bir tonna uchun 565 ming so‘mdan 633 ming so‘mgacha oshiriladi.

Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur chora natijasida 1 litr Ai-80 benzini 1 foizga yoki 88 so‘mga qimmatlashishi haqida ma’lum qilgandi.

91 va undan yuqori oktanli benzinga aksiz solig‘i stavkalari ўзгармайди (Ai-91 va undan yuqori) va ishlab chiqaruvchilar uchun bir tonnasiga 303 ming so‘m, yakuniy iste’molchiga sotilganda esa litri uchun 425 so‘m darajasida qolmoqda.

Qaror aholi salomatligiga salbiy ta’sir va tabiatga yetkazilayotgan zararni kamaytirish zarurati bilan izohlangan.

Dizel yonilg‘isiga nisbatan aksiz solig‘i ishlab chiqaruvchilar uchun bir tonnasiga 291 ming so‘mdan 326 ming so‘mgacha va litri uchun 425 so‘mdan 476 so‘mgacha, chakana savdoda uchun esa 516 ming so‘mdan 578 ming so‘mgacha oshiriladi. EKO dizel yonilg‘isiga (sintetikdan tashqari) aksiz solig‘i bir tonna uchun 262 ming so‘mdan 293 ming so‘mgacha oshadi.

Ekologik tozaroq bo‘lgan yonilg‘i — suyultirilgan gazga nisbatan aksiz solig‘i ham yakuniy iste’molchiga sotilganda litri uchun 425 so‘mdan 476 so‘mgacha yoki bir tonnasi uchun 807,5 ming so‘mdan 904 ming so‘mgacha, siqilgan gazning bir kub metri uchun esa 605 ming so‘mdan 678 so‘mgacha oshirilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining qayd etishicha, buning natijasida metan narxi 3 foizga yoki 84 so‘mga oshadi.

Aksiz solig‘i stavkalari


Tovarlar (xizmatlar) nomi
Soliq stavkalari


2024-yil 1-yanvar
2024-yil 1-apreldan
1.
Neft mahsulotlari:


1.
benzin Ai-80 va undan yuqori
303 000 so‘m / tonna
340 000 so‘m / tonna

benzin Ai-91 va undan yuqori
303 000 so‘m / tonna

aviakerosin (sintetikdan tashqari)
242 000 so‘m / tonna
271 000 so‘m / tonna

dizel yonilg‘isi (sintetikdan tashqari)
291 000 so‘m / tonna
326 000 so‘m / tonna

EKO dizel yonilg‘isi (sintetikdan tashqari)
262 000 so‘m / tonna
326 000 so‘m / tonna

dizel yoki karbyuratorli (injektorli) dvigatellar uchun motor moyi
412 000 so‘m / tonna
461 000 so‘m / tonna
2.
Polietilen granulalar
10 foiz
3.
Tabiiy gaz, O‘zbekistonga import qilinadigan gazlar bundan mustasno
20 foiz
4.
Yakuniy iste’molchiga sotilgan:



benzin Ai-80 va undan yuqori
1 litr uchun 425 so‘m / 1 tonna uchun 565 000 so‘m
1 litr uchun 476 so‘m / 1 tonna uchun 633 000 so‘m

benzin Ai-91 va undan yuqori
1 litr uchun 425 so‘m / 1 tonna uchun 565 000 so‘m

dizel yonilg‘isi
1 litr uchun 425 so‘m / 1 tonna uchun 516 000 so‘m
1 litr uchun 476 so‘m / 1 tonna uchun 578 000 so‘m

suyultirilgan gaz
1 litr uchun 425 so‘m / 1 tonna uchun 807 000 so‘m
1 litr uchun 476 so‘m / 1 tonna uchun 904 000 so‘m

siqilgan gaz
1 kubometr uchun 605 so‘m
1 kubometr uchun 678 so‘m
5.
Mobil xizmatlar
10 foiz
6.
Xushbo‘ylashtiruvchi va rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar
20 foiz

Tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan va iste’mol qalog‘iga qadoqlangan gazlangan ichimliklar (energetik va tonik ichimliklar bundan mustasno)
-
1 litr uchun 500 so‘m

energetik va tonik ichimliklar
-
1 litr uchun 2000 so‘m

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 31-dekabrda import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzin va uning chakana savdosi uchun joriy etilgan aksiz solig‘ining “nol” stavkasining amal qilish muddati nihoyasiga yetdi. Natijada 1-yanvardan boshlab UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi litri uchun yana 6800 so‘m, xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida esa 8800 so‘mga ko‘tarildi.