31-dekabr kuni import va mahalliy Ai-80 benzini hamda uning chakana savdosiga joriy etilgan aksiz solig‘ini “nol” stavka qo‘llash yakuniga yetdi. 2022-yil 13-dekabrdan boshlab avvaliga 2023-yil 1-martgacha, so‘ngra o‘tgan yilning oxirigacha yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar qo‘yilgani va benzinga talab ortishi munosabati bilan stavka nolga tushirilgandi.

Tarif bekor qilinishi bilan davlatga qarashli UNG Petro (“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati shu’ba korxonasi) yonilg‘i quyish shoxobchalarida eng arzon benzinning bir litri 6800 so‘mdan 5700 so‘mgacha arzonlashdi. Keyinroq narx 6050 so‘mgacha ko‘tarildi. Xususiy shoxobchalarda narx ancha yuqori bo‘ldi.

1-yanvardan UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi litriga yana 6800 so‘m, xususiy shoxobchalarda esa 8800 so‘mga yetdi.

Boshqa markadagi benzin narxlari hali o‘zgarmadi.