O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 57,3 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,88 mlrd dollarga yoki 26,2 foizga o‘sdi, deyiladi prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobotida.

Eksport 30,6 foizga — 23,2 mlrd dollargacha, import — 34,1 mlrd dollargacha oshdi (+23,3 foiz). Tashqi savdo taqchilligi rekord darajaga yetdi va 10,9 mlrd dollardan oshdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (9,89 mlrd dollar) 1 mlrd dollarga ko‘proq hisoblanadi. Oltin eksportiga qaramay, farq kengayishda davom etmoqda.

Eksport

Noyabr oyida eksport miqdori 2,73 mlrd dollarni tashkil etdi, biroq buning deyarli yarmi oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. 1,28 mlrd dollarlik qimmatbaho metall sotildi (bu Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga olib keldi). Oltin eksporti yil boshidan buyon rekord darajadagi 8,15 mlrd dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 baravar ko‘p.

11 oy ichida oltin yetkazib berish mamlakat eksportning uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini (35,1 foiz) tashkil etdi.

Eksportda sanoat mahsulotlarining ulushi keskin pasayib, 22,3 foizdan 16,2 foizga tushdi, yetkazib berish hajmi ham 3,96 mlrd dollardan 3,75 mlrd dollargacha qamaydi. Mashina va transport uskunalari sotuvi esa 875 mln dollardan 1,2 mlrd dollarga oshishi hisobiga ularning eksportdagi ulushi ham 4,9 foizdan 5,2 foizgacha oshdi.

Oltinsiz eksport atigi 5,7 foizga o‘sib, 15,05 mlrd dollarni tashkil etdi. Ya’ni, agar oltin eksporti bo‘lmaganida, savdo defitsiti 19 mlrd dollardan oshgan bo‘lardi.

Savdo 11 oy davomida sabzavot va mevalarda 1,1 mlrd dollargacha (+6,3 foiz), don mahsulotlarida 443,3 mln dollargacha (+43,3 foiz), neft va neft mahsulotlarida 297,2 mln dollargacha (+2,1 marta), avtomobillar qismlari va anjomlarida 344,8 mln dollargacha (+31,8 foiz), avtomobillarning o‘zida 112,6 mln dollargacha, energiya ishlab chiqaruvchi mashina va uskunalarda 166,2 mln dollargacha (+7,5 foiz), telekommunikatsiya va ovoz yozish uskunalarida 107,7 mln dollargacha (2,3 marta), elektr mashinalari, apparatlari va asboblarida 209,7 mln dollargacha (+0,7 foiz) oshdi.

Shu bilan birga, yetkazib berish to‘qimachilik mahsulotlarida 3,3 foizga yoki 2,8 mlrd dollargacha, gazda 509,4 mln dollargacha (-44,6 foiz), elektr energiyasida 62,8 mln dollarga (-45,8 foiz), o‘g‘itlarlarda 310,8 mln dollargacha (-21,1 foiz), rangli metallarda 1,28 mlrd dollargacha (-4,1 foiz) kamaygan.

Import

Importga kelsak, oziq-ovqat xaridi yuqori darajada qolmoqda: don va undan tayyorlangan mahsulotlar 1,03 mlrd dollar (+7,8 foiz), shakar, shakar va asal mahsulotlari 511,1 mln dollar (-3,5 foiz), qahva, choy, kakao, ziravorlar 344 mln dollar (+24 foiz), o‘simlik moylari va yog‘lar 321,6 mln dollar (+29,4 foiz), go‘sht va go‘sht mahsulotlari 308 mln dollar (+8,5 foiz), sabzavot va mevalar 301,9 mln dollar (+22,6 foiz), sut mahsulotlari va tuxum 192,7 mln dollar (+34,5 foiz).

Neft va neft mahsulotlari (1,38 mlrd dollar, +26,9 foiz), ko‘mir, koks va briketlar (189,2 mln dollar, +78,8 foiz) ham importi oshdi. Gaz yetkazib berish 2,1 baravarga — 562,7 mln dollargacha ko‘paydi. Agar sentabr oyida 286 mln dollarlik gaz import qilingan bo‘lsa, oktabrda 73,8 million dollarlik, noyabrda esa 1 mln dollarlik import amalga oshirilgan.

Avtomobillar importi 1,56 mlrd dollarga (2,2 baravar), ehtiyot qismlarniki 1,34 mlrd dollarga (+16,8 foiz), samolyotlar va boshqa uchuvchi apparatlar importi esa 753,6 mln dollargacha (3,4 barobar) oshdi. Shu bilan birga, noyabr oyida 139,5 mln dollarlik samolyotlar yetkazib berildi.

O‘g‘itlar importi 2,4 barobar oshib, 155,8 mln dollarni tashkil etdi. Avval xabar berganimizdek, yetkazib berishning keskin o‘sishi kamroq gaz olgan “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarish hajmining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yo‘qotishlarni qoplash uchun Rossiyaning “Tolyattiazot” kompaniyasidan 64,2 ming tonna ammiakli selitra ishlab chiqarish uchun 55,3 ming tonna ammiak import qilingan (mamlakatdagi umumiy ishlab chiqarishning 8 foizi).

Shunisi e’tiborga loyiqki, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari importi avvalgi yillarda barqaror o‘sib kelgan bo‘lsa-da, hisobot davrida 1,45 mlrd dollarga (-1,4 foiz) kamaygan.