UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 avtomobillari uchun shartnoma tuzish ochilganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, UzAuto Motors o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida, oyiga 40 000 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishgan. “Bu o‘z navbatida, kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi”, — deyiladi xabarda.

Xaridorar quyidagi avtomobillar uchun 3-noyabrdan shartnoma tuzishi mumkin:

• Damas va Labo;

• Cobalt;

• Onix;

• Tracker;

• Captiva 5;

• Malibu;

• Equinox;

• Traverse;

• Tahoe.

Ular quyidagi muddatda yetkazib beriladi:

uzauto motors

Shartnoma olishda quyidagi onlayn-servis xizmatlardan foydalanish mumkin:

“Yangi avtomobilingiz siz kutganingizdanda tezroq siz bilan birga bo‘lishi uchun bugunoq Chevrolet rasmiy dilerlik markazlariga tashrif buyuring va shartnoma tuzing”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvda mavjud bo‘lmagan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari qimmatlashgandi. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

Komplektatsiyalarning narxlari quyidagicha oshirilgan:

  • Lacetti L-Style Plus AT — 160 mln 868 ming so‘mdan 169 mln 118 ming so‘mga;
  • Damas D2 DLX Style Plus — 92 mln 204 ming so‘mdan 96 mln 932 ming so‘mga;
  • Labo LB2 Plus: 91 mln 669 ming so‘mdan 96 mln 370 ming so‘mga;
  • Cobalt GS-Style Plus MT — 113 mln 711 ming so‘mdan 119 mln 542 ming so‘mga;
  • Cobalt GX-Style Plus AT — 134 mln 294 ming so‘mdan 141 mln 181 ming so‘mga.

Avvalroq kompaniya kelasi yilgacha ommabop avtomobillar uchun yangi shartnomalar tuzmasligi va narxlar yana oshishi kutilayotgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni soat 17:30 da kompaniya avtomobillar uchun shartnomalar chiqarish qayta tiklangani va yangi konfiguratsiyalar joriy etilganini, 5-avgust kuni soat 15:57 da esa 2023-yil uchun qo‘shimcha partiyaga to‘liq shartnoma tuzilganini ma’lum qilgandi.

Keyinroq 18-sentabrda ham UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi va oradan 3 soat o‘tib, kompaniya avtomobillarining qo‘shimcha partiyasi uchun to‘liq shartnoma tuzilgani, 28 000 dan ortiq shartnoma imzolanganini xabar qildi.

Oradan vaqt o‘tib, UzAuto Motors yil oxirigacha 50 mingdan ortiq avtomobil egalariga topshirilishini ma’lum qilgandi. 2024-yildan esa avtomobillar shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy ichida yetkazib berilishi va’da qilgan.