Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlash oqibatida bir nechta yangi, import qilingan avtomobillarga zarar yetdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbirlari.

Omborda BYD elektromobillarini saqlaydigan UzAuto Motors kompaniyasi “Gazeta.uz”ga bu ma’lumotni tasdiqladi.

united cargo center, uzauto motors, сергелиdaги portlash

Inter logistics qo‘shma korxonasiga qarashli Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center)da jami 100 dan ortiq yangi import qilingan avtomobillar saqlanadi.

Majmua terminalning ochiq maydonida, shiypon ostidagi maydonda yengil avtomobillarni saqlash, shuningdek, maxsus texnika va yirik hajmdagi yuklarni saqlash xizmatlarini ko‘rsatadi.

united cargo center, uzauto motors, сергелиdaги portlash

UzAuto Motors ayrim avtomobillar, shuningdek, BYD elektromobillari shikastlanganini ma’lum qildi. Zarar ko‘rgan avtomobillarning aniq soni va yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xodimi Husan Tangriyev yong‘in sodir bo‘lgan ombor bojxona organlarining bino va inshootlari sirasiga kirmasligini ma’lum qilgandi. Biroq majmuaning bir qismi bojxona ombori maqomiga ega.

“Bojxona ombori — tadbirkorlik subyektlarining litsenziyalanadigan faoliyat turiga kiradi. Bunda ombor egasi — tadbirkorlik su’bekti boshqa tadbirkorlarning O‘zbekistonga olib kelingan tovarlarini, sodda qilib aytganda, hali „rastamojka“ qilinmagan tovarlarni o‘zaro kelishuv asosida bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanguniga qadar saqlab turadi”, — deb tushuntirdi u.

“Dunyo amaliyotida, jahon tajribasida bu kabi omborlar bojxona ombori deb yuritiladi. Hozirda respublikamizda tegishli litsenziyaga ega 400 ga yaqin bojxona omborlari faoliyat yuritmoqda”, — dedi Husan Tangriyev.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi portlash oqibatida jami 163 kishi jabrlangani ma’lum qildi va bir nafar o‘smir halok bo‘lganini tasdiqladi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Ochilbay Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

“Gazeta.uz” avvalroq United Cargo Center majmuasi haqida ma’lumot bergandi.