Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki 7 oyida O‘zbekistonga elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta davlatdan umumiy qiymati 217,1 mln dollarga teng bo‘lgan 7 ming 391 ta elektromobil import qilingan. Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 ming 84 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

Bunday transport vositalari import qilingan mamlakatlar quyidagilar:

  • Xitoy — 6 898 ta;
  • Gonkong — 376 ta;
  • Germaniya — 64 ta;
  • Koreya — 18 ta;
  • BAA — 16 ta;
  • AQSh — 11 ta.

Avvalroq 2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 167 million dollarlik 5403 dona elektromobil olib kirilgani haqida xabar berilgandi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 4,85 baravar, 2022-yildagi jami importdan esa 2,5 barobar ko‘p hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, elektromobillarni import qilishda aksiz va bojxona to‘lovlari, shuningdek, avtomobil yig‘imlari undirilmaydi. Elektr yoki gibrid transport vositalarida yo‘lovchi tashuvchi taksi haydovchilari 2030-yilgacha litsenziya to‘lovidan ozod qilingan. Quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatgan tadbirkorlarga ham yil boshidan buyon imtiyozlar berilgan.