“O‘zbekneftgaz” va Ozarbayjonning Socar davlat neft-gaz kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi, deya xabar berdi SOCAR matbuot xizmati.

Ozarbayjon-O‘zbekiston biznes-forumi doirasida tomonlar “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining Ozarbayjondagi neft-gaz loyihalarida ishtirok etishi to‘g‘risidagi bitimni, shuningdek, SOCAR, Konchilik va geologiya vazirligi va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida SOCAR`ning O‘zbekistondagi neft va gaz loyihalarida ishtiroki to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

socar, узбекнефтgaz, озарбайжон

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekneftgaz” SOCAR bilan birgalikda 2024-yilda Ozarbayjonda uchta uglevodorod konini o‘zlashtirishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, SOCAR O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarida, shuningdek kompaniya tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etishi kutilmoqda. “O‘zbekneftgaz” va SOCAR SOCAR Trading qo‘shma korxonasini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

SOCAR prezidenti Rovshan Najaf va “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar neft, neft-kimyo, gaz-kimyo va boshqa neft mahsulotlari savdosi va logistikasi bo‘yicha niyat memorandumini ham imzoladilar.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil oktabr oyida “O‘zbekneftgaz” va SOCAR Kaspiy dengizining Ozarbayjon qismida birgalikda neft qazib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston tomoni SOCAR bilan hamkorlikda “neft-gaz sohasida katta loyiha” tayyorlanayotganini ma’lum qilgan edi. Avvallari “O‘zbekneftgaz” O‘zbekistondan tashqarida loyihalarni amalga oshirmas edi. 2018-yil yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyev kompaniyaga xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha ishlarni faollashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Zaxiralarning tugashi va texnologik yo‘qotishlar tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etmoqda. 2022-yil yakunlariga ko‘ra, respublikada tabiiy gaz qazib olish 2021-yilga nisbatan 4 foizga kamaygan — 51,665 mlrd kub metrga, neft qazib olish esa 1,8 foizga — 787,8 ming tonnaga oshgan.