O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

cengiz holding, мехмет женгиз, шавкат мирзиёев

Turkiyaning yetakchi ko‘p tarmoqli xoldingi ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi — Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 MVt li zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi.

Uchrashuv chog‘ida davlat rahbariga ushbu energetika obyektlarining ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.

Bundan tashqari, prezident Jizzax viloyatida quvvati 500 MVt dan ziyod bo‘lgan yana bir elektr stansiya qurilishiga start berdi. Dastlab 450 MVt quvvat 56 foiz samaradorlik bilan rejalashtirilgan edi, biroq investor quvvatni 520 MVtga, samaradorlikni esa 62 foizga oshirishni taklif qildi, — dedi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Azim Axmedxodjayev va Cengiz Holding vakili.Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Azim Axmedxodjayev va Cengiz Holding vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, obyektni 2025-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan. 4,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 1,6 mlrd kVt/soat zaxira bilan Jizzax viloyatining yillik iste’molini qoplashi kutilmoqda. IES 700 mln kub metr gazni tejash imkonini ham beradi.

Cengiz Holding kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 5,2 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari taqdimot qilindi.

Jumladan, yo‘llar va tunnellarni modernizatsiya qilish va qurish (2,7 mlrd dollarlik ikkita loyiha), istiqbolli foydali qazilmalar konlarini qidirish va o‘zlashtirish (780 mln dollarga bitta loyiha), davlat-xususiy sheriklik shartlarida energetika infratuzilmasini boshqarish (to‘rtta loyiha, 1,7 mlrd dollar).

Jumladan, Cengiz Holding Qashqadaryo viloyatidagi Taxtaqoracha dovoni orqali uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel qurishni rejalashtirgan. Loyiha qiymati 200 mln dollarga baholanib, obyektni 30 yilga xususiy sherikka berishni nazarda tutadi. Loyiha ma’qullansa, uni amaliy amalga oshirish 2024-yil iyul oyida boshlanadi.

O‘zbekiston yetakchisi turkiyalik investor ishtirokidagi istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlash va to‘liq amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi