Jizzax viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda Forish tumanidagi qishloqlardan birida bolalar bog‘chasi mudirasi pichoqlab o‘ldirilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 5-avgust kuni soat 02:30 da Forish tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan A.X. pichoqlangan.

A.X. Forish tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohatlari bilan keltirilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, uning biologik o‘limi qayd etilgan.

“Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida A.X.ga 5-avgust kuni soat 00:30 da 1989-yilda tug‘ilgan mahalladoshi O.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida oshxona pichog‘i bilan tana qismiga ikki marta zarba bergani aniqlangan”, — deyiladi IIB axborotida.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104- moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3- qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat sodir etishda gumonlangan shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.