O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi, deb xabar berdi Uzcard kompaniyasi dushanba kuni. Endi mamlakatdagi barcha bankomatlar ikkala tizimning kartalarini ham qabul qiladi.

Yanvar oyida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Uzcard va Humo o‘zaro integratsiyaga kelishib olganini aytgandi.

Bankomatlar integratsiyasini may oyi oxirigacha, to‘lov terminallarini esa yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgandi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Birinchi marta ikki tizimning bankomatlarini birlashtirish rejalari 2020-yil sentabr oyida e’lon qilingan edi. 2022-yil iyul oyida Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov jarayon muayyan qiyinchiliklar bilan kechayotganini ta’kidladi.