Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi Urganchdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgan ikki nafar sobiq mansabdor shaxs bilan bog‘liq jinoyat ishini qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun prokurorga qaytardi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy sud 6-aprel kuni Xorazm viloyati prokuraturasining viloyat adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Oybek Masharipov hamda Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi sobiq raxbarri Anvar Kuryazovga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan bergan kassatsiya tartibidagi protestini qanoatlantirdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudining 27-dekabrdagi apellyatsiya instansiyasining sobiq mansabdor shaxslarga nisbatan chiqarilgan qarori bekor qilindi.

Ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi tomonidan yopiq eshiklar ortida qaytadan ko‘rib chiqiladi.

Yig‘ilishda prokuror suddan prokuror sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, sudlanuvchilarga yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi hujjatlarini ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishni so‘radi.

Apellyatsiya instansiya sudlov hay’ati prokuror iltimosnomasini qanoatlantirib, sudlanuvchilar Oybek Masharipov va Anvar Kuryazovga oid jinoyat ishi bo‘yicha ajrim qabul qilib, Xorazm viloyat prokurorining o‘rinbosariga yuborildi va jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudi Dilmurod Otamuratov raisligida 2022-yil sentabr oyi boshida Mehribonlik uyi rahbari Yulduz Xudaybergenova, shuningdek, Oybek Masharipov va Anvar Kuryazovga nisbatan hukm chiqargan. Yulduz Xudayberganova 1 yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgar lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan holda 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Ikki sobiq amaldor esa 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Jinoyatlar deyarli yetti oy o‘tib, zo‘ravonlikka qarshi Nemolchi.uz loyihasi tomonidan e’lon qilinganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Keyinchalik, jinoyat ishi materiallariga tayanib, loyiha asoschisi Irina Matviyenko sudga guvoh sifatida kelgan kamida yana uch kishi ishda ishtirok etishi mumkinligini aytdi.

Jamoatchilik noroziligidan so‘ng Bosh prokuratura ikki sobiq amaldorning jazosi yengil bo‘lganini tan oldi.