Tailandda bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Kumush medalni bosqon uloqtirishda ishtirok etgan Suhrob Xodjayev ikkinchi urinishda qayd etgan 71,83 m natijasi bilan qo‘lga kiritdi.

Xitoylik Van Si 72,13 m natija bilan birinchi, yaponiyalik Shota Fukuda 71,80 m natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa 16-iyulga qadar davom etadi.