Toshkentda Bunyodkor shoh ko‘chasi va 2-Qatartol ko‘chasi chorrahasida, Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahri boshqarmasi ro‘parasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda.

Bu prezidentning 3-iyuldagi Chilonzor tumanining sanoat salohiyati va investitsiya jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan.

бунёдкор shoh ko‘chasi, тошкент, чилонзор тумани

Yandeks xarita

Yo‘l o‘tkazgichni qurishdan maqsad “muntazam ravishda hosil bo‘ladigan tirbandlikni bartaraf etish”dir. Loyihani 2024−2025-yillarda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bir kun avval prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida poytaxtda bo‘lib o‘tgan saylovoldi yig‘ilishida so‘zga chiqib, shaharda yana 12 ta yo‘l o‘tkazgich qurishni ma’lum qilgandi.

Avvalroq ekspert Ilya Petushkov “Gazeta.uz” uchun yozgan maqolasida (rus tilida) ko‘p pog‘onali transport chorrahalarini qurish ko‘cha hayoti tushunchasiga umuman mos kelmasligi va shahar muhitining sifati, joyning faolligi va hayotning to‘laqonli bo‘lishiga salbiy ta’sir qilishini bildirgandi.