Tailanddagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z hisobiga yana beshta medalni qo‘shib qo‘ydi, deb xabar berdi O‘zbekiston velosport federatsiyasi.

11-iyun kuni 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi guruh poygasi dasturida Begzod Rahimboyev kumush medalni qo‘lga kiritdi. Oltin qozog‘istonlik sportchiga, bronza esa Birlashgan Arab Amirliklari vakiligi nasib etdi.

30 km uzunlikdagi individual vaqt sinovida o‘zbekistonlik velosportchilar ikkita oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Har ikki yosh toifasida sportchilar 30 km masofada bahslashdi. Janubiy koreyalik sportchidan 2 daqiqadan ko‘proqqa o‘zib ketgan Olga Zabelinskaya oltin medal bilan taqdirlandi.

23 yoshgacha bo‘lgan qizlar bahsida Yanina Kuskova birinchi, Евгения Golotina uchinchi o‘rinni egalladi.