«o‘zlashtirishlar» tegli maqolalar


Termizning sobiq hokimi va yana 17 kishiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
2 iyun 2023, 17:00

Termizning sobiq hokimi va yana 17 kishiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

35,6 mlrd so‘m mablag‘ni o‘zlashtirishda gumonlangan Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev hamda uning ikki o‘rinbosariga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ishga jami 18 kishi ayblanuvchi, 200 kishi jabrlanuvchi va guvoh sifatida jalb qilingan. Ish hajmi kattaligi sababli sud yana 4 oy davom etadi.

«Imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish kerak». Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-torojiga barham berish haqida
22 iyul 2022, 15:20

«Imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish kerak». Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-torojiga barham berish haqida

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-toroj qilinishiga barham berish uchun imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish va banklarni xususiylashtirish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shundagina kredit ajratish tizimi tartibga tushadi, xususiy bank egalari esa vaziyatni o‘z nazoratiga oladi.

Voleybol federatsiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19 iyul 2022, 10:07

Voleybol federatsiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Voleybol federatsiyasi mansabdor shaxslari davlat budjeti mablag‘laridan 231 mln so‘mni o‘zlashtirgani, yana 75 mln so‘mni esa asossiz sarflagani aniqlandi. Ular yetkazilgan zararning 120 mln so‘mini qopladi, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2021 yilda «O‘zbekneftgaz» tizimida 717 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi
20 yanvar 2022, 10:08

2021 yilda «O‘zbekneftgaz» tizimida 717 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» jamiyati tizimida 2021 yilda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 717,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shundan 91,9 mlrd so‘m kamomad va o‘zlashtirishlar, 57,8 mlrd so‘m jamiyatga zarar, 219,9 mlrd so‘m boshqa xato va kamchiliklarni tashkil qildi.

Hisob palatasi 2020 yilda 671 mlrd so‘mlik talon-torojlik holatlarini aniqlagan
7 aprel 2021, 16:55

Hisob palatasi 2020 yilda 671 mlrd so‘mlik talon-torojlik holatlarini aniqlagan

2020 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida davlat byudjeti va jamg‘armalari hisobidan ajratilgan 671,3 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy xarajatlar va o‘zlashtirishlar aniqlangan. Jumladan, o‘tgan yil davomida Halq ta’limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik va o‘zlashtirish holatlari kuzatilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting