Samarqand shahridagi gaz quyish shoxobchasida 25 fevral kuni Nexia-3 mashinasiga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat soat 11:00 atrofida «Hunarmandlar» MFY Bedil ko‘chasida joylashgan «Kamalak» MCHJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

Shu yerda ishchovchi xodim — Pastdarg‘om tumanida yashagan, 1980 yilda tug‘ilgan M.Z. fuqaroning Nexia-3 avtomashinasiga gaz quyayotganda bagaj qismiga o‘rnatilgan gaz ballonining yorilib ketishi oqibatida portlash kelib chiqqan.

заправка, протлаш, самарқанд

Hodisa oqibatida MCHJ ishchisi M.Z. kuyish jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

заправка, протлаш, самарқанд

Avvalroq — 24 fevral kuni Qarshi shahri «Nasaf» ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchasida ham Nexia-3 mashinasi portlagandi.

O‘zbekistonda avtomobillarda gaz ballonlari portlashi tez-tez sodir bo‘lib turadi. O‘tgan yilning avgust oyida Sirdaryoda avtobus portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi. O‘sha oyda Qashqadaryoda Nexia mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni, Jizzax viloyatida esa «Jiguli» rusumli avtomashina portlagan. 2021 yilda 14 ta portlash va 2 ta yong‘in oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jarohatlangan.

Senatda bir necha bor gaz ballonli avtomashinalar xavfsizligi va ularga belgilangan me’yordan ortiq yonilg‘i quyish masalasi ko‘tarilgan va bu borada hukumatga so‘rov ham yuborilgan. sentabr oyida Senat avtomobilga normadan ortiq yonilg‘i quygan shoxobchalarni litsenziyadan mahrum qilishni taklif qilgan.